Anons
“Osh bo‘lsin” ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 41

Haqiqiy galereyasida “Osh bo‘lsin” loyihasining taom, ta’m va dasturxon bezagining go‘zalligiga bag‘ishlangan ikkinchi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Rassomlar to‘rtta savolga o‘z asarlari orqali javob izlaydi: inson o‘zi iste’mol qiladigan taom bilan tengmi, bu taom o‘ziga tegishli ekanini qanday anglaydi, dunyo uni nima bilan oziqlantiradi va taom go‘zalligini qanday ko‘radi. Ekspozitsiyadan rangtasvir, grafika, keramika, haykaltaroshlik, installyatsiya, fotografiya va videoart o‘rin oladi. Ko‘rgazmada gastronomik loyihalar ham ishtirok etadi.
Ko‘rgazmaning ochilishi 3-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Kirish bepul.
Jadval
3dan 11-oktabrgacha