Anons

“Marg‘ilon atlasi va adrasi” festivali

E’lon qilingan sana· 65
“Marg‘ilon atlasi va adrasi” festivali

Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma'rifiy va turizm majmuasida “Marg‘ilon atlasi va adrasi” festivali bo‘lib o‘tadi.

Uch kun davomida mehmonlar Marg‘ilonning boy madaniy merosi, milliy hunarmandchilik an’analari hamda ipakchilik va to‘qimachilik sohasida shakllangan ko‘p asrlik tajriba bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Festival dasturidan milliy atlas va adras namunalarining namoyishi, milliy liboslar ko‘rgazmasi, hunarmandchilik an’analarini aks ettiruvchi taqdimotlar hamda Marg‘ilonning o‘ziga xos madaniy merosini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar o‘rin oladi.

Kirish bepul.

Jadval

17dan 19-sentabrgacha
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling