Anons

“ARTepa” galereyasida “O‘zaro oqimlar” koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 10
“ARTepa” galereyasida “O‘zaro oqimlar” koʻrgazmasi
Foto: Shohruh Haydarov
"ARTepa" galereyasi

Astronomiya bogʻida “ARTepa” galereyasida “O‘zaro oqimlar” (Interflows) nomli noodatiy ko‘rgazma ochiladi.

“Art Station” va “DAVRA” tadqiqot jamoasi hamkorligida tashkil etilgan ekspozitsiya Markaziy Osiyoda suv muammosi, undan foydalanish va uni o‘zgartirishning ekologik, siyosiy hamda ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liqligi, ekologiya va inson hamda tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavzulariga bag‘ishlangan.

Ekspozitsiyada zamonaviy san’at orqali suv muammosiga e’tibor qaratiladi.

Ko‘rgazmada “DAVRA” jamoasining ishlari, yosh markaziy osiyolik rassomlarning yangi asarlari hamda Saodat Ismoilovaning Amudaryo bo‘ylab sayohat qiluvchi “Stains of Oxus” filmi namoyish etiladi.

“O‘zaro oqimlar” uch oy davomida rivojlanib, yangi ishlar va g‘oyalar bilan to‘ldirib boriladi. Ekspozitsiyada insoniyatning suv va landshaft bilan munosabatlarini tabiatni nazorat qilish va undan foydalanishdan tashqari qanday tasavvur qilish mumkinligi haqida savol qo‘yiladi.

Koʻrgazmaning ochilishi 18-sentyabr kuni soat 18:30 da boʻlib oʻtadi.

Kirish bepul.

Jadval

18-sentabrdan 15-dekabrgacha
18:30
ARTepa GalleryToshkent, Osiyo ko‘ch.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling