Anons
Vyacheslav Useinovning “Тут” ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 34

“Ilhom” teatrida rassom Vyacheslav-Yura Useinovning “Тут” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochiladi.
Nom ikki xil ma’noda talqin qilinadi. Birinchi ma’noda “bu yerda” — joyga, installyatsiya qilingan makon chegarasiga ishora bo‘lib, Yozef Boys uslubidagi situativ jestga murojaat qiladi. Ikkinchi ma’noda esa daraxt nazarda tutiladi: har mavsum ipak pillasi uchun kesib turiladigan paxta dalalari atrofidagi egik tut daraxtlari. Mualliflik loyihasi aynan shu ikki ma’no atrofida jamlangan.
Ochilish — soat 18:00 da.
Murojaat uchun: (+998) 71−241−2241.
Jadval
13dan 20-sentabrgacha
18:00