Anons
ZiraFest 2026
E’lon qilingan sana: · 5

“O‘zekspomarkaz"da ZiraFest 2026 gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival uch qismdan iborat. Gastronomik maydonda 30 dan 50 tagacha restoran jamlanadi, shuningdek konsertlar va oilaviy dastur tashkil etiladi.
Professional ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlari, uskunalar, mebel, tekstil va franchayzing yo‘nalishlari namoyish etiladi. Konferensiyada Markaziy Osiyodagi restoran, kafe va mehmonxonalar egalari jamlanadi — tashkilotchilar 400−500 nafar ishtirokchini kutmoqda.
Festival uch kun davom etadi.
Tashrif buyuruvchilar ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi. Arizani festival saytida “Tashrif buyuruvchi” turini tanlagan holda qoldirish yoki telefon orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Murojaat uchun: (+998) 95−122−1111, (+998) 95−028−1111.
Jadval
29-sentabrdan 1-oktabrgacha