Anons

Paula Moderzon-Bekker va Vorpsvede rassomlari asarlari ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana: · 140
Paula Moderzon-Bekker va Vorpsvede rassomlari asarlari ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Paula Moderzon-Bekker va Vorpsvede koloniyasi rassomlarining chizma hamda grafik asarlari ko‘rgazmasi ochiladi.

Ko‘rgazma nemis ekspressionizmining ilk namoyandalaridan biri bo‘lgan Paula Moderzon-Bekker tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan. Ekspozitsiyadan Bremen yaqinidagi Vorpsvede badiiy koloniyasi ustalarining chizmalari va grafik ishlari o‘rin olgan. Ularning asarlariga shakllarning soddaligi va aniqligi, shuningdek, tabiatga alohida e’tibor xos.

Ko‘rgazma dushanbadan jumagacha, 09:00 dan 18:00 gacha ochiq.

Kirish bepul.

Murojaat uchun: (+998) 71−233−0416.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling