Anons
ZanMakon’da ORALIK ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 237

ZanMakon makonida Markaziy Osiyo rassomlari art-rezidensiyasi yakunlariga bag‘ishlangan ORALIK ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazma Markaziy Osiyo davlatlaridan 50 dan ortiq rassom ishtirok etgan bir yillik ta’lim va rezidensiya dasturining davomi hisoblanadi. Muhim bosqichlardan biri Tojikistondagi Iskandarko‘l hududida o‘tkazilgan art-rezidensiya bo‘ldi: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan saralangan sakkiz nafar rassom joy, uning tabiati va muhiti bilan bog‘liq loyihalar ustida ishladi. Toshkentda esa ushbu ishlarning natijalari namoyish etilmoqda.
Kirish bepul.
Jadval
24-sentabrdan 15-oktabrgacha
10:00