Anons
Bayat Muxtorov xotirasiga bagʻishlangan "Levitatsiya" koʻrgazmasi
E’lon qilingan sana: · 26

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida haykaltarosh va o‘zbek avangardining yorqin vakili Bayat Muxtorov xotirasiga bag‘ishlangan “Levitatsiya” ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazma tomoshabinlarni muallifning haykalni chuqur falsafiy g‘oyalarni ifodalash vositasiga aylantiradigan o‘ziga xos shakllari va dadil badiiy yechimlari bilan tanishtiradi.
Ochilish marosimi 22-oktyabr kuni soat 17:00 da boʻlib oʻtadi (ochilish kuni kirish bepul).
Ish vaqti:
- Seshanbadan shanbagacha soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Dushanba va yakshanba dam olish kunlari.
Chipta narxi: 10 000 soʻmdan 50 000 soʻmgacha
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−209−8916.
Jadval
22-oktabrdan 14-noyabrgacha