“Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” nomli multimedia ko‘rgazmasi

Tashkent City Mall’da “Savitskiy kundaliklari: Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Koʻrgazma XX asr Markaziy Osiyosining badiiy merosi va Nukus san’at muzeyi asoschisi, rassom, kollektor Igor Savitskiy kolleksiyasiga bagʻishlangan.
Koʻrgazma surat, musiqa, yorugʻlik va harakatni birlashtiradi. Unda oʻzbek sanʼati tarixi, badiiy harakatlarning xilma-xilligi va anʼanalar hamda zamonaviylik oʻrtasidagi bogʻliqlik oʻrganiladi.
Tashkilotchi: Oʻzbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamgʻarmasi.
Koʻrgazma dushanbadan payshanbagacha soat 10:00 dan 23:00 gacha, juma kunidan yakshanbagacha esa soat 10:00 dan 00:00 gacha ochiq boʻladi.
Chiptalar narxi:
- juma, shanba va yakshanba kunlari 60 000 soʻm;
- dushanba, seshanba va chorshanba kunlari 40 000 soʻm;
- Payshanba kuni kirish bepul, navbat asosida.
Maktab oʻquvchilari, talabalar va katta yoshdagilar iTicket kassasidan chipta sotib olayotganda 50% chegirmaga ega boʻladi. 10 yoshgacha boʻlgan bolalar, shuningdek, maxsus maktablar va maktab internatlari oʻquvchilari bepul kirishi mumkin.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 71−207−40−80.