Anons

“Biz kimmiz?” ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana: · 51
“Biz kimmiz?” ko‘rgazmasi

Toshkent fotosuratlar uyida British Council tashkilotining O‘zbekistondagi faoliyati 30 yilligiga bag‘ishlangan “Biz kimmiz?” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ekspozitsiyadan British Council kolleksiyasiga mansub britaniyalik rassomlar Elizabet Prays, Rozalind Nashashibi, Erika Tan va Reychel Louning to‘rtta videoasari, shuningdek, O‘zbekiston madaniy hayotini shakllantirayotgan insonlarning shaxsiy buyumlari va hikoyalaridan iborat “Bugunning arxivi” maxsus loyihasi o‘rin olgan.

Ko‘rgazma xotira va o‘zlik haqida savollar qo‘yadi: biz nimalarni saqlab qolamiz va bugungi hikoyalar kelajak avlodlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Kurator: Dona Qulmatova.

Batafsil ma’lumot — havola orqali.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling