Anons

Qidirbay Najimovning kitob grafikasi ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana: · 53
Qidirbay Najimovning kitob grafikasi ko‘rgazmasi

Respublika bolalar kutubxonasida qoraqalpoq rassomi Qidirbay Najimovning kitob grafikasi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Qidirbay Najimov (1942−1995) Nukusdagi “Qoraqalpog‘iston” nashriyotida 30 yildan ortiq faoliyat yuritgan. Dastlab katta badiiy muharrir, keyinchalik esa bosh rassom lavozimida ishlagan. U yuzlab kitoblarni, jumladan, qoraqalpoq eposi va xalq ertaklari, rus klassik adabiyoti, Stivenson, Mitskevich, Abay asarlarining tarjimalari hamda bolalar uchun o‘nlab nashrlarni bezagan.

Ko‘rgazmada Savitskiy muzeyi kolleksiyasidagi asarlarning skanerlangan nusxalari ular uchun yaratilgan kitoblar bilan yonma-yon namoyish etilmoqda. Ishlarning aksariyati grattaj texnikasida bajarilgan. Bunda mum va tush bilan qoplangan qog‘oz yuzasini tirnash orqali tasvir hosil qilinadi.

Dekabrgacha ko‘rgazma doirasida maxsus dastur ham tashkil etiladi. Bolalar grattaj, trafaret va bosma texnikalar, kitob dizayni hamda animatsiya bilan tanishadi, qoraqalpoq ertaklarini tinglaydi. Shuningdek, Savitskiy muzeyi ilmiy xodimi Muzaffar Ishanovning ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi.

Ayrim tadbirlarda qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Kutubxona har kuni 10:00 dan 21:00 gacha ishlaydi.

Yosh chegarasi: 0+.

Kirish bepul.

Murojaat uchun: (+998) 71−231−1791.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Qidirbay Najimovning kitob grafikasi ko‘rgazmasi — Toshkent Afishasi