Anons
ICHKARI muzeyida “Yalt-yult” ko‘rgazmasi
E’lon qilingan sana: · 51

Yangi ICHKARI madaniy makonida “Yalt-yult” deb nomlangan ilk vaqtinchalik ko‘rgazma ochiladi.
Loyiha o‘zbek madaniyatidagi ko‘z-ko‘z qilinadigan hashamatni o‘rganadi: uch davr davomida mavqe, go‘zallik va boshqalarda taassurot qoldirish haqidagi tasavvurlar qanday o‘zgarganini ko‘rsatadi. Ekspozitsiyadan ko‘zgular, tarixiy choponlar, zargarlik buyumlari va asrlar davomida egasining mavqeini ta’kidlab kelgan boshqa predmetlar o‘rin olgan.
Ko‘rgazma har kuni 11:00 dan 20:00 gacha ochiq.
Chipta narxi: 60 000 so‘m.
Murojaat uchun: (+998) 92−143−2888.