Anons

ICHKARI’da NeUyat festivali ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana: · 123
ICHKARI’da NeUyat festivali ko‘rgazmasi

ICHKARI’da zo‘ravonlikning ko‘zga ko‘rinmas shakllariga bag‘ishlangan beshinchi yillik NeUyat festivali ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ekspozitsiyada O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istondan 12 nafar rassom ayolning ishlari namoyish etiladi. Mualliflar rangtasvir, to‘qimachilik, videoart va installyatsiyalar orqali ayollarning hayotiy tajribasi, sukut saqlash, uyat, shaxsiy chegaralar hamda uy har doim ham xavfsiz makon bo‘lib qoladimi, degan savol haqida so‘z yuritadi.

2026-yilda festival beshta shaharda o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma Nukus, Navoiy va Samarqandda namoyish etildi. Toshkentdan so‘ng esa Farg‘onaga yo‘l oladi. Festival gender zo‘ravonligi haqidagi NeMolchi.uz medialoyihasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Rassomlar: Rushana Alimova, Äwlep (Nargiz Berdimuratova), Kseniya Gorbachyova, Anna Ivanova, Beka Qayumova, Aleksandra Kolo, Adibaxon Ravshanova, Dil Sapfa (Dildora Sapashova), Aygul Sarsen, Iroda Tillayeva, Shahnoza Toshkentboyeva va Yasmina Xalilova.

Ochilish vaqti: 22-noyabr, 19:00.

Ish vaqti: har kuni 11:00 dan 20:00 gacha.

Kirish bepul.

Jadval

22-noyabrdan 12-dekabrgacha
19:00
ICHKARIToshkent, Беларык ko‘ch., 30А
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling