Bulgari mashhur zargarlik buyumlari kolleksiyasini kengaytirdi

E’lon qilingan sana· 742
Bulgari mashhur zargarlik buyumlari kolleksiyasini kengaytirdi

Bulgari uyi yosh avlodni zargarlik buyumlari innovatsiyasi bilan ilhomlantiradi. Ular B.zero1 va BVLGARI BVLGARI ikonik to’plamlariga qiziqarli yangiliklar qo’shishdilar. Birinchisi qat’iyat, ochiqlik va yangilik ruhini ifodalasa, ikkinchisi ko’p qirralilik va zamonaviy uslubni o’zida mujassam etadi. Ikkala kolleksiya ham mustaqil tanlov va qarashlarning ibtido nuqtasi bo’ladi.

B.zero1 dizayn ikonasi o’z kolleksiyalarini joziba va dadillik bilan yoritadigan, yangilikka intiladigan va chegarasiz kelajakka intiluvchilar uchundir. Kolleksiya 18 karat pushti oltindan yasalgan to’rtta bo’lak bilan to’ldirildi.

Jozibador kolye, ikki yarusli uzuk va mustahkam bilaguzukni o’z ichiga olgan to’plam yorqin pushti-oltin nurlarni taratib turadi. Ular 1980-yillarning zargarlik buyumlarini o’ziga xos tarzda talqin qiluvchi ajoyib kontrast bo’lib, Bulgarining qo’sh logotipini o’zida mujassam etgan.

B.zero1 Rok Chain kolyesi B.zero1 xarizmasini ifodalaydi, shu bilan birga Bulgari zargarlarining ijodi va hunarmandchiligini namoyish etadi, 600 dan ortiq olmoslar ramziy uzuk shaklida jozibador zanjirlarga o’rnatilgan.

Qora keramikali B.zero1 uzugi qat’iyatli rok uslubining jasoratini yetkaza oladi. 1000 dona chiqarish bilan cheklangan va faqat tanlangan butiklarda mavjud bo’lgan ushbu eksklyuziv ajoyib kontrast beradi, chunki bunday qimmatbaho olmoslar noan’anaviy qora keramika fonida shunchaki porlaydi.

BVLGARI BVLGARI kolleksiyasi yangi, universal dizaynga ega oltita yangilik bilan to’ldirildi. 18 karat sariq, pushti va oq oltindan iborat uzuk va yupqa bilaguzuk asosiy estetikani BVLGARI`ning noyob lotincha o‘yilgan logotipiga qaratadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ