Prada dunyodagi eng mashhur brendga aylandi

E’lon qilingan sana· 795
Prada dunyodagi eng mashhur brendga aylandi

Lyst Index platformasi har mavsumda eng mashhur modalar uyini aniqlaydi. 2023-yilning birinchi choragida Prada ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o’rinda Miuchchaa Prada boshchiligidagi yana bir brend Miu Miu turibdi. Unga qiziqish 2023-yil kuz-qish shousi, New Balance va Pocket Bag bilan hamkorlik paytida kuchaydi.

Ulardan keyin o‘tgan yili xuddi shu o’rinni egallagan Moncler brendi turibdi. Valentino bir pog‘ona ko‘tarilib, to‘rtinchi, Loewe beshinchi o’rinni egalladi, Bottega Veneta esa oltinchi o‘rinda qoldi.

Dolce & Gabbana yettinchi, Versace esa sakkizinchi o‘rinni band qildi, ammo chorakdagi eng katta o’sishlardan biri sifatida 2023-yil kuz-qish shousi TikTok’da 39,8 milliondan ortiq ko’rishlar ko’rsatkichini to‘pladi.

Dunyodagi eng mashhur brend sifatida bir necha bor e’tirof etilgan Gucci to’qqizinchi o’ringa tushib ketdi. Birinchi o’ntalikni Saint Laurent yopib turibdi.

Ikkinchi o’nlikni: Dior, Nike, Louis Vuitton, Diesel, Burberry, Fendi, Skims, Balenciaga, Jacquemus, JW Anderson to’ldirishdi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ