“O‘tkan kunlar”: Uzbekistan Fashion Week 2023 doirasida Anor x Nadi moda namoyishi bo‘lib o‘tdi

E’lon qilingan sana· 3 481
“O‘tkan kunlar”: Uzbekistan Fashion Week 2023 doirasida Anor x Nadi moda namoyishi bo‘lib o‘tdi

15-may kuni Abdulla Qodiriy uy-muzeyida Uzbekistan Fashion Week 2023 moda haftaligi doirasida Moda haftaligi dizayneri va direktori Dilnoza Umirzoqovaning moda namoyishi bo‘lib o‘tdi. Yo‘nalish bloger Nodira Abdurahmonova bilan hamkorlikda yaratilgan.

Kolleksiyaga 25 ta ayollar va 10 ta erkaklar obrazi kiritilgan — ularning barchasi buvilar va onalarning sandig’idan topilgan eski matolardan yaratilgan. Ushbu yondashuv Moda haftaligining to’rtinchi mavsumining asosiy motivi — ekologiyaga xoslikni aks ettirdi.

Bu uyda yozuvchi Abdulla Qodiriyning o‘zi istiqomat qilgan bo’lib, bu joyni tanlashdan tortib, Anor x Nadi kolleksiyasining har bir elementida milliy rang-baranglik kuzatiladi. Modellar hovlida aylanib, yozuvchi haykali yonidan o‘tishardi. Mehmonlar milliy rang-baranglikni yanada chuqurroq his qilish, tarixiy obyektning muhiti va hayotiga yaqin bo’lish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Har biri mehmonga Gullar-Sabz milliy yelpig’ich esdalik sovg’alari topshirildi.

Kolleksiyadan yopinchiqlar, yaktak mahsilari, ko‘ylaklar, kostyumlar va choponlar o’rin olgan. Kolleksiyani yaratishdan maqsad sharqona soddalikni aks ettirish edi. Dilnoza Umirzoqovaning buvilari qo’l mehnati talab qilinadigan kiyimlarni tikishda katta hissa qo‘shgan. Baxtiyor Xusanov mato tanlashda faol ishtirok etdi.

Fotoreportajni tomosha qiling.

Ирина Перова
Muallif
Ирина Перова
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ