Sumka-smartfon: Honor Magic V Purse ommaga taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 1 645
Sumka-smartfon: Honor Magic V Purse ommaga taqdim etildi

Iyul oyida Xitoy bozorida debyut qilgan yig‘iluvchi Honor Magic V2`ning global taqdimoti chog‘ida kompaniya mutlaqo yangi smartfon — Honor Magic V Purse’ni taqdim etdi. Uning asosiy xususiyati telefonni ayollar sumkasi ko’rinishiga keltirishga imkon beruvchi dizayner aksessuarlari va dinamik fon rasmlariga egaligidir.

Honor qurilmani olib yurishning noodatiy usulini o’ylab topdi — sumka ko’rinishida. Buning uchun korpusga metall tasmani bog’lash taklif etiladi. Dizaynning zamonaviyligiga Always On Display rejimidagi tematik ekran fonlari, shuningdek, smartfonning oq va oltin korpusi javob beradi. Misol uchun, smartfon egasi yurayotgan paytda ekranda harakatlanib turadigan zanjirli devor foni mavjud.

Magic V Purse dizayni Huawei Mate Xs 2`ni eslatib yuboradi — smartfonni ochish uchun yon ramkadagi tugmani bosish kerak. Smartfonning narxi va chiqarilish sanasi e’lon qilinmagan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ