Art Week Uzbekistan: zamonaviy san'atga oʻzgacha nazar

E’lon qilingan sana· 168
Art Week Uzbekistan: zamonaviy san'atga oʻzgacha nazar

27−29 iyun kunlari Toshkentda joylashgan CAEx koʻrgazmalar markazida “Oʻzbekiston san’at haftaligi” oʻtkazildi.

Mazkur san’at festivalda bir necha boʻlimlar oʻz faoliyatini olib bordi, ular orasida: “Handmade” — qo‘l mehnatining noyob namunalari ko‘rgazmasi, Art & Photo — fotosuratlar va art namoyishi, “Musiqa” — didjeylarning chiqishlari va simfonik orkestrning jonli ijrosi, “Moda — nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon moda sanoatining dizaynerlari tomonidan taqdim etilgan yorqin to‘plamlar namoyishi oʻrin oldi.

Barcha tadbirlarga kirish bepul etib belgilangandi. Qiziq tomoni, tadbir 3 kun davom etgan boʻlsada, u “haftalik” deya nomlandi.

San’at haftaligining birinchi kunida “Teplo Market” loyihasi va “Art & Photo” yoʻnalishi koʻrgazmalarining ochilish marosimlari boʻlib oʻtdi. “Teplo Market” boʻlimida bir qancha brendlarning yarmarkasini koʻrish mumkin edi.

Yarmarkagacha oʻtgunga qadar esa koʻplab rassomlar va fotosuratchilarning ijod mahsullari taqdim etilgan bir nechta katta pavilionlar faoliyat olib bordi.

“Tatyana Kochnova” va “Azukar Moreno” brendlarining moda namoyishi haftalikning birinchi kunida taqdim etildi.

“Azukar Moreno"ning “Pina Colada” kolleksiyasi alohida tahsinga sazovor. Chunki namoyishni oʻzgacha dekoratsiya va bezaklar, adras va atlasning tropik dizayniga uygʻunlashuvishi betakror koʻrinar edi.

Bundan tashqari, modellar turli xil qushlar bilan podiumda liboslarni namoyish etdi.

Mehmonlarga goʻyo Ispaniyaning Ibisa oroli atmosferasi bilan qurshab olingan edi.

3

Jozibador moda namoyishidan soʻng oʻzbek estradasi yulduzi — Tohir Sodiqovning chiqishi boʻlib oʻtdi.

San’at haftaligi doirasida OIV, ekologiya va boshqa ko‘plab ijtimoiy ahamiyatga ega mavzularda suhbatlar, san’at, moda ustalari, ekofaollar va aktyorlarning mahorat darslari, Ekologiya-ijtimoiy mas’uliyatni oshirish va shahar tozaligini saqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi. “Dildora Kasimova”, “Zulfiya Sulton” brendlari ham namoyish etildi.

Haftalik ishtirokchilariga interaktiv foto zonalar, o‘zbek estrada yulduzlarining chiqishlari, mahorat darslari tashkillashtirildi.

Koʻproq fotosuratlarni bizning jamlanmamizda tomosha qiling.