Met Gala 2025: Eng yaxshi ayollar obrazlari

E’lon qilingan sana· 193
Met Gala 2025: Eng yaxshi ayollar obrazlari

Koʻrgazma erkaklarga qaratilgan boʻlishiga qaramay, oqshom ayol tasvirining haqiqiy gʻalabasiga aylandi. A-listerlar mavzuni joʻshqinlik bilan izohladilar, klassik erkaklar uslubini ayollik burilishlari bilan qayta tasavvur qildilar.

5-may kuni Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining Liboslar institutida yilning asosiy, uzoq kutilgan moda tadbiri Met Gala bo‘lib o‘tdi. Oqshom mavzusi “Tailored for You (Siz uchun tikilgan)” bo‘lib, muzeyning yangi “Superfine: Tailoring Black Style” ko‘rgazmasiga havola qildi. U erkaklar modasi tarixiga va uning afro-amerika oʻziga xosligi “black dandy” uslubiga bagʻishlangan.

Koʻrgazma asosan erkaklarga qaratilganligiga qaramay, oqshom ayollar obrarlarining haqiqiy gʻalabasiga aylandi. Eng yuqori darajadagi yulduzlar mavzuni yorqin talqin etib, klassik erkaklar uslubini ayollik jozibasi bilan qayta yaratdilardilar.

Oqshom davomida muhokama markazidagi ayollar obrazlari

Anna Vintur balni shaxsan Farrell Uilyams tomonidan yaratilgan nafis Louis Vuitton libosida ochdi. Uning koʻrinishidagi, rasmiy uslub va nafislikning nozik muvozanati butun kecha uchun ruh bagʻishladi.

Ann Xeteuey taniqli muharrir Andre Leon Talleyning uslubidan ilhomlangan holda Carolina Herrera tomonidan yaratilgan oq koʻylak va hashamatli yubkada namoyon boʻldi. Uning obrazida ayollik nafosati va kuchni mukammal uygʻunlashgan.

Sintiya Erivo , “Wiked: The Tale of the Witch of the West” filmining yulduzi, Givenchy tomonidan yaratilgan, koʻzni qamashtiruvchi yaltiroq kamzul va hajmdor yubkada hayratlantirib, erkaklar kiyimining tomoshabopligini ta’kidlaydigan dadil va dramatik koʻrinish taqdim qildi.

81 yoshli Diana Ross kechaning haqiqiy afsonasiga aylandi. Uning 18 metrlik etakli Ugo Mozie libosida bolalari va nabiralarining ismlari kashta qilingan edi — shuningdek, bu ta’sirli va ulugʻvor ishora hisoblandi.

Zendaya, Dua Lipa , Miley Cyrus , FKA Twigs , Hailey Bieber , Hunter Schafer va boshqa yulduzlar ham mavzu boʻyicha oʻz talqinlarini taqdim etdilar: androgin liboslardanlardan tortib, erkaklar silueti shunidek kuch timsollarini murakkab pardalargacha nozik oʻyin bilan uygʻunlashtirshgan.

Dekor va atmosfera

Bu yil yo‘lak qizil emas, balki to‘q ko‘k rangda bo‘lib, Nyu-Yorklik rassom Say Gavin tomonidan yaratilgan sochilgan nargis naqshlari bilan bezatilgan. Unda troykalar, fraklar va jiletkalar ustunlik qildi, qolaversa shlyapalar, hassalar va toʻgʻnagʻichlarga ham e’tibor qaratildi — an’anaviy ravishda “dandy” madaniyatining ramzi boʻlgan aksessuarlar endi ayollar obrazida qayta tiklandi.

Tashkilotchilar va rekordlar

2025 Met Gala tashkiliy qoʻmitasi tarkibiga Chimamanda Ngozi Adichie, Regina King, Simone Biles va boshqa sanʼat va moda vakillari kiradi. LeBron Jeyms jarohati tufayli raislik lavozimini tark etgan boʻlsa-da, tadbir misli koʻrilmagan muvaffaqiyat boʻlib, 31 million dollar yigʻdi — bu bal tarixidagi rekord miqdor. Chipta narxi esa 75 ming dollarga yetdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling