Met Gala 2025: Erkaklar uslubi markaziy sahnada

Bal mehmonlarini nafaqat chuqur madaniy gʻoyalar, balki ayollar bilan bemalol raqobatlasha olgan, hatto ayrim holatlarda ularni ortda qoldirgan erkaklar obrazlari ham hayratda qoldirdi.
2025-yilda Met Gala kamdan-kam uchraydigan, ammo muhim qadam tashladi: Liboslar instituti mavzusi 2003-yildan beri birinchi marta butunlay erkaklarga bag‘ishladi. Superfine: Tailoring Black Style" ko‘rgazmasi 18-asrdan to hozirgi kungacha erkaklar modasiga “black dandy” uslubing ta’sirini qamrab oladi. Bu nafaqat moda, balki oʻziga xoslik, qarshilik harkati va kiyim orqali oʻzini namoyon qilish kuchi haqida.
Balning mehmonlarini nafaqat chuqur madaniy murojaat, balki bu gal ayollar bilan ishonchli raqobatlashayotgan, ba’zi joylarda esa ulardan oshib ketgan mukammal erkaklar obrazlari ham hayratda qoldirdi. Biz yangi avlod dandysining eng yorqin vakillarini toʻpladik.
Farrell Uilyams
Balning hamraislaridan biri va Louis Vuitton kreativ direktori Farrel Uilyams soyada qolib ketmadi. U gilam toʻshalgan yoʻlakda Tiffany & Co kompaniyasining 100 000 ta marvaridlari bilan tikilgan jilovdor pidjakda kirib keldi. Bu durdonani yaratish 980 soat vaqtni olgan va LV mutaxasis tikuvchilari tomonidan hayotga tatbiq etilgan uning shaxsiy dizayni hisoblanadi. Obrazni Uilyamsning o‘ziga xos belgisi bo‘lgan keng qora shimlar hamda klassik qora-oq tusli aksessuarlar to‘ldirib turardi.
Oqshomning qoʻsh qavatli libosi
Aktyor ikkita obrazni bir koʻrinishda taqdim etdi. Avvaliga Bred Pitt ishtirokidagi F1 filmidan ilhomlangan poyga kostyumi, soʻngra Tommy Hilfigerdan ajoyib qizgʻish rangli smokingda tashrif buyurdi. Obrazlar almashuvi toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻlakning oʻzida sodir boʻldi, bu esa oqshomning eng virusli daqiqalaridan biriga aylandi.
André 3000
Sobiq OutKast a’zosi Burberry koʻrinishi va orqa tomonidagi pianino shaklidagi aksessuari bilan barchani hayratda qoldirdi, oʻzining 7 Piano Sketches albomiga etibor qaratdi. Tank Louis Cartier soati va Law Roach uslubi ta’sirchanlikni yanada oshirdi. Uning obrazi “Men yelkamda musiqa olib boraman” talqinidagi metaforaga aylandi.
Regé-Jean Page
“Bridgerton” seriali yulduzi Brionidan qizil tonlarda dadil total-look tanladi: kostyum, koʻylak, shim va palto — barchasi mukammal moslashtirilgan. Yorqin, ammo ulugʻvor obraz “qora jozibakorlik” ruhini mukammal tarzda yetkazdi.
A$AP Rokki
Repper va moda influenseri oʻzining Awge brendidan koʻcha estetikasi elementlarini klassika tikuv bichimi bilan uygʻunlashtirgan koʻrinishda chiqdi. U hip-hop va moda oʻrtasida koʻprik qurishda davom etmoqda.
Jeff Goldblum Prada emas, balki Uels Bonner
Aktyor kutilganidek Prada emas, balki Wales Bonnerning estetik libosini tanlab, moda olamini yana bir bor hayratda qoldirdi. Ushbu brend afro-amerikalik o‘ziga xoslikni zamonaviy nigoh orqali, klassikani o‘ziga xos tarzda qayta talqin etish orqali ifodalaydi.
Colman Domingo — Gollivudlik “dandy”
Koʻplab nashrlarga koʻra Gollivuddagi eng zamonaviy odam Kolman Domingo — Alessandro Misheldan kiyim tanlagan. Uning obrazida yorqinlik va klassika, jozibadorlik va zodagonlik uyg‘unlashgan.
Adrien Brody — “Fear of God"dan minimalizm
Aktyor “Fear of God"ning gʻayrioddiy kostyumida paydo boʻlib, vazmin hashamat va zamonaviy bichim jimjimador va yaltiroq toshlardan kam boʻlmasligi mumkinligini isbotladi.
Maluma — Willy Chavarria uslubi
Kolumbiyalik qoʻshiqchi “Willy Chavarria"ning jasur va erkin qiyofadagi obraz tanladi va bu balda Lotin Amerikasi jozibadorligi va erkaklar modasi ajralmas ekanligini isbotladi.
Uolton Goggins va uning “Tom Browne"ga boʻlgan sevgisi
“Oq lotus” teleserialining aktyori retro va avangard bichimida foylanadigan “Tom Browne"ning kostyumini tanladi.
Kaleb MakLaflin — Dior Men va ZENITH
“Strange things” yulduzi ZENITH Defy Skyline Sapphire soati bilan boyitilgan noyob Dior Men koʻrinishida chiqib, Z avlodining zamonaiy timsoliga qanday aylanishni koʻrsatdi.
Jeremyi Allen Uayt
“The Bear” seriali aktyori qizil gilamlarda kamdan-kam uchraydi, lekin Met Gala uchun u Louis Vuitton smokingini tanladi — bejirim, lekin oqshom ruhiga juda munosib.