Lionel Messi va Adidas mashhur Superstar krossovkalarining yangi versiyasini chiqardi

Krossovkalarni 110 dollarga sotib olish mumkin.
1-iyul kuni Lionel Messi va Adidas kompaniyasining yangi kollaboratsiyasi e’lon qilindi. Superstar klassikasi bir vaqtning o‘zida ikkita yangi rangda chiqarildi. Bu yaqinda chiqarilgan “Inter Miami Gazelle” modelidan keyingi brend va futbol afsonasi o‘rtasidagi hamkorlikning davomi hisoblanadi.
Oyoq kiyimlardan biri Messining hozirgi klubi — “Inter Mayami"dan ilhomlangan. Kedalar nozik pushti rangda, o‘ziga xos qora uchta chiziq va oltin hoshiya bilan bezatilgan. Yon paneldagi odatiy Superstar yozuvi o‘rniga Messining logotipi tushirilgan, uning ismi esa tashqi tomonda oltin harflar bilan yirik qilib yozilgan. Dizayn tilchadagi oltin rangli naqsh va bo‘rtma tumshuq bilan to‘ldirilgan.
Ikkinchi rang esa Messining vatani Argentinaga ishora qiladi. Krem-oq asosiy rang boʻlib havorang chiziqlar bilan birlashtirilgan — bu mamlakat bayrog‘iga ishora. Futbolchining ismi va logotipi ham krossovkaning tilchasi, tovoni va yuqori qismida joylashgan.
Hamkorlik Adidas tomonidan Superstar modelini yana diqqat markaziga qaytarishga qaratilgan yirik kampaniyasining bir qismidir. Brend 2025-yilda sport va koʻcha kiyimlarini birlashtirgan yana bir nechta maxsus relizlarni rejalashtirmoqda.
Krossovkalarni — JQ1256 (pushti), JR1520 (oq va koʻk) Adidas rasmiy saytidan 110 dollarga xarid qilish mumkin.