Uzum Market yangi SADO kiyim brendini taqdim etdi

Uzum Market’da SADO ayollar va erkaklar kiyimlari mahalliy brendi taqdim etildi. Sotuvda 89 000 so‘mdan boshlanadigan qulay kardigan, jemper va svitshotlardan iborat kuzgi kolleksiya mavjud.
SADO — hamyonbop narxlardagi bazaviy kiyimlar brendi. Kiyimlar bir-biriga oson moslashadi va kundalik hayot tarziga toʻgʻri keladi. Brendning maqsadi odamlarga individualligini ifoda etish orqali ularning ovoziga aylanish.
Uzum Market’da allaqachon kuzgi kolleksiya taqdim etilgan: kardiganlar, jemperlar, svitshotlar, jinsi shimlar, uzun yengli ko‘ylaklar va bazaviy futbolkalar 89 000 so‘mdan boshlanadi. Modellar mavsumning aktual ranglarida: jigarrang, xaki, to‘q sariq va boshqalarda ishlab chiqarilgan. Kiyim-kechakdan tashqari, assortimentda poyabzal, ryukzak va sumkalar mavjud. Barcha mahsulotlar O‘zbekiston bo‘ylab tezkor yetkazib beriladi. Uzum kartasi bilan to‘langanda esa butun to‘plamga 30% gacha chegirma amal qiladi.
Artikullar:
- erkaklar ko‘ylagi: UM1996864;
- ayollar jemferi: UM1937689;
- erkaklar krossovkasi: UM1937529;
- uniseks sumka: UM1937589.

“SADO brendi ikki intilishimizni oʻzida mujassam etdi — O‘zbekistonning mahalliy brendlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatning barcha aholisi zamonaviy kiyim-kechaklarni qulay buyurtma qilish imkonini yaratish. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan kiyimlar sifat jihatidan xalqaro brendlar bilan raqobatlasha oladi va foydalanuvchilarimizning turmush tarziga yaqinroq hisoblanadi. Yaqin kelajakda brend assortimentini kengaytiradi: trikotaj kiyimlarning yangi modellari va hatto yengil ustki kiyimlar paydo bo‘ladi”, — dedi Uzum Market’ning Fashion yo‘nalishi direktori Alina Musiyenko.
Buyurtmani Uzum Market ilovasi yoki saytida rasmiylashtirish mumkin. Marketpleys buyurtmalarni O‘zbekiston bo‘ylab 400 ta aholi punktiga yetkazib beradi. Yetkazib berish punktlarida kiyimlarni kiyib ko‘rib, soʻng toʻlovni amalga oshirish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.