PANTONE 2026-yil rangini tanladi

Rang dizayni bo‘yicha jahon yetakchisi Pantone 2026-yil uchun Cloud Dancer — yumshoq, “havo” oq rangini tanladi. Bu mukofot tarixida birinchi marta (1999-yildan beri o‘tkaziladi) asosiy rang oq rangga aylandi.

Pantone instituti g‘oyasiga ko‘ra, har bir rang hozirgi vaqtda madaniyatda sodir bo‘layotgan voqealarni aks ettiradi. Tanlovni aniqlash uchun jamoa dolzarb madaniy, siyosiy va moda yo‘nalishlarini o‘rganadi, mos tuslar “oilasi"ni tanlaydi, so‘ngra uning nomini alohida o‘ylab, ma’lum bir ohangni tanlaydi.
Institut vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Cloud Dancer xotirjamlik, aniqlik va yangiliklarni boshlashga intilishni koʻrsatadi. Xuddi o‘zgarishlar oldidan oq qog‘oz kabi ramziy ma’noga ega hisoblanadi. U “shovqinli dunyoda sukunat” va uyg‘unlik hamda ruhiy osoyishtalikka bo‘lgan ehtiyojni eslatish uchun mo‘ljallangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oq rang universal — u har qanday boshqa ranglar bilan osongina uyg‘unlashadi, yengillik va kenglik hissini yaratadi. 2026-yilda Cloud Dancer moda, interyer dizayni, arxitektura va shaharsozlikda asosiy yo‘nalishga aylanadi.