Zendaya va "On" brendi oʻzlarining ilk hamkorlikdagi kolleksiyalarini taqdim etishdi

E’lon qilingan sana· 292
Zendaya va "On" brendi oʻzlarining ilk hamkorlikdagi kolleksiyalarini taqdim etishdi

Zendeyaning “On” brendi bilan yangi kollaboratsiyasi sport kiyimlarini qayta talqin qilib, ularni kundalik garderobning bir qismiga aylantirmoqda.

Kolleksiya stilist Lou Rouch bilan hamkorlikda yaratilgan: jamoa vintaj liboslar, podiumlar va shaxsiy garderobdan ilhomlangan. Barcha buyumlar Syurixdagi “On” brendi dizaynerlari ishtirokida ishlab chiqilgan.

Kolleksiya yumshoq matolar, erkin bichimlar va moslashtiriladigan detallarga urg‘u berib, o‘zida qulaylik, mos kelish va uslubni mujassamlashtiradi. Klassik sport uslubidan farqli o‘laroq, bu yerda asosiy e’tibor professional mashg‘ulotlarga emas, balki hayot tarziga — sayrlar, sayohatlar va uchrashuvlarga qaratilgan.

“Men kiyim-kechaklarning sodda, qulay va hammaga mos kelishini istagandim. Odamlarning mashg‘ulotlar oralig‘ida — sayohatlarda, sayrlarda nima kiyishi meni qiziqtirardi. Barcha kiyimlar bir-biri bilan oson moslashishi kerak. Bu — ko‘p bosh qotirishni talab qilmaydigan kiyim”, — deydi aktrisa.

Toʻplam 16-aprel kuni sotuvga chiqariladi .

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling