Madina Kasimbayevaning FW26/27 namoyishi qanday oʻtdi?

E’lon qilingan sana· 268
Madina Kasimbayevaning FW26/27 namoyishi qanday oʻtdi?

Namoyish podiumdan emas, balki buyumlarning o‘zi yaratiladigan makondan — iplarni bo‘yashdan tortib, tayyor mahsulot taqdimotigacha bo‘lgan jarayondan boshlandi.

FW26/27 mavsumiga bag‘ishlangan Madina Kasimbayevaning modalar namoyishi kechasi Suzani by Kasimbaeva galereyasi boʻlib oʻtdi. An’anaviy yig‘ilishi o‘rniga, tashkilotchilar muzey bo‘ylab sokin sayrni tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi.

Xonalardan birida dizaynerning ish kabineti joylashgan. Katta javon to‘liq ipak iplar bilan to‘ldirilgan boʻlib, qarama-qarshi tomonda esa Madinaning Prezidentimiz bilan tushgan yirik portreti osilgan.

Keyingi uzun xonada o‘n nafarga yaqin usta ayollar ishlamoqda. Ular shu yerning o‘zida suzani ustida mehnat qilmoqda: kimdir kashta tikyapti, yana kimdir bo‘laklarni birlashtiryapti. Mehmonlar ularning yonida to‘xtab, asarlarning qanday yaratilayotganini uzoq kuzatishdi.

Hovlida, o‘ziga xos muzey-ustaxona hududida, shvedcha dasturxon yozildi: somsa, mevalar, desertlar. Mehmonlarga qulupnayli beze tortildi. Kimdir yurib-yo‘lakay yoki topchanlarda o‘tirib tamaddi qilayotgan bo‘lsa, boshqalar suratga tushardi, yana kimlardir esa namoyishni intiqlik bilan kutardi — hamma harakatda, hamma kutish ichida.

Shouning oʻzi koʻchaning roʻparasidagi ikki qavatli binoda, Kasimboyevaning yana bir xonasida boʻlib oʻtdi. Shou boshlanganda zal gavjum edi. Mehmonlar orasida Diyora Usmonova, Kamola Rustamova, Baurjan Shadibekov va Saken Jaxibayev, shuningdek, Saidazim Fazilov, Xusnora Shodieva, Ganya Usmonova va boshqa blogerlar, biznes vakillari, influenserlar va taniqli moda namoyandalari bor edi.

Namoyish boshlanishidan oldin musiqachilar o‘zbek milliy cholg‘u asboblarida bir nechta asarlarni ijro etishdi. Bu alohida chiqish emas, balki asta-sekin e’tiborni bir nuqtaga jamlaydigan fon sifatida xizmat qildi.

Podium ikki darajali qilib tashkil etilgan. Modellar tomoshabinlarga juda yaqin masofada chiqish qilishdi, shu sababli barcha detallarni sinchiklab ko‘rish imkoniyati mavjud edi.

Kolleksiyada ayollar va erkaklar uchun 40 dan ortiq liboslar mavjud. Asosiy elementlar uzun va kalta choponlar boʻlib, ularda soʻzana naqshlari tushirilgan.

Kiyimlar bichimi erkin. Liboslar qad-qomatga yopishib turmaydi, aksincha, yurish paytida mayin hilpirab turadi. Bunga ipak va zig‘ir kabi yengil, uchuvchan matolar sabab bo‘ladi. Shu bois choponlardagi qalin kashtalar ham kiyimga vazminlik bag‘ishlamaydi.

Ranglar vazmin, keskin konstrastlarsiz. An’anaviy bichimdagi pastel rangli ko‘ylaklar naqshlari san’at asari deya e’tirof etilgan va kashtalari bilan ajralib turadigan choponlar bilan g‘oyat uyg‘unlashgan edi.

Koʻrgazma va mehmonlardan olingan koʻproq fotosuratlar quyidagi fotoreportajimizda.

Laylo Alimova
Muallif
Laylo Alimova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling