Messika Toshkentdagi faoliyatining bir yilligini nishonlamoqda: go‘zal tarixning boshlanishi

Toshkentda Messika butiki ochilganiga bir yil to‘ldi. Shu vaqt mobaynida Tashkent City Mall’dagi makon noyob brilliantlarni taqdim etib, zargarlik san’atining chinakam ixlosmandlarini o‘z atrofida jamladi.
5-iyul kuni Toshkentdagi Messika butiki o‘zining bir yilligini nishonladi. O‘tgan yil davomida u Fransiyadagi Messika zargarlik uyining O‘zbekistondagi ilk monobrend butikigina emas, balki zamonaviy zargarlik san’ati, betakror servis, nafis estetika va mijozlarga bo‘lgan alohida e’tibor uyg‘unlashgan maskanga aylandi.

Butikning ochilishi O‘zbekiston zargarlik san’ati rivojida yangi bosqichni boshlab bergan muhim voqea bo‘ldi. Tashkent City Mall’da joylashgan ushbu butik yuksak zargarlik san’ati ixlosmandlarini Messika uyi falsafasi bilan yaqindan tanishtirdi. An’anaviy olmos haqidagi tasavvurlarni qayta talqin etgan Messika bugun ularni zamonaviy turmush tarzining tabiiy va ajralmas qismiga aylantirgan brenddir.

Bugun butikda butun dunyoda e’tirof etilgan Messika’ning afsonaviy kolleksiyalari, shuningdek, High Jewelry segmentiga mansub zargarlik buyumlarining keng tanlovi taqdim etilgan. Ushbu noyob asarlar noyob olmoslar va fransuz zargarlarining beqiyos mahorati bilan yaratilgan yuksak zargarlik san’ati namunalaridir. Bunday zargarlik buyumining har biri innovatsion dizayn, yuqori texnologiyalar va zargarlik uyining ko‘p yillik an’analarini o‘zida mujassam etgan mashaqqatli mehnat mahsulidir.

O‘zbekistonda Messika brendining rasmiy distribyutori — Premier Group kompaniyasi. Kompaniya ko‘p yillardan buyon mamlakat bozorida dunyoning yirik brendlarini muvaffaqiyat bilan taqdim etib, soatsozlik va zargarlik san’ati madaniyatining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Faoliyatining birinchi yili davomida butik brend mijozlari, hamkorlari va do‘stlarini birlashtiruvchi tadbirlar o‘tkaziladigan maskanga aylandi. Bu yerda yoqimli tuhfalar va yangi kolleksiyalar taqdimotlari bilan boyitilgan mijozlar kunlari o‘tkazilib, Messika ixlosmandlari uchun samimiy va iliq muloqot muhiti yaratildi.
Eng yorqin va yodda qolarli voqealardan biri xalqaro gemmolog Yelena Novoselova ishtirokidagi yopiq ma’ruza bo‘ldi. Mehmonlar olmoslar olami, qimmatbaho toshlarni baholashning o‘ziga xos jihatlari, zargarlik san’atidagi zamonaviy tendensiyalar hamda odatda vitrinalar ortida qoladigan olmoslar olami bilan yanada yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Yana bir yorqin voqea Messika brendining hamkori sifatida Saken Jaksibayevning Traditional Gala Dinner an’anaviy yillik oqshomida ishtirok etishi bo‘ldi. Mazkur tadbir biznes, madaniyat, san’at va moda olami vakillarini birlashtirdi. Zargarlik uyining taqinchoqlari O‘zbekiston madaniyati va go‘zalligiga bag‘ishlangan ushbu tadbirning ajralmas qismiga aylandi.

Biroq ilk yilning eng katta yutug‘i o‘tkazilgan tadbirlar emas, balki uni tanlagan insonlar bo‘ldi. O‘n ikki oy davomida butik atrofida Messika qadriyatlarini baham ko‘ruvchi hamjamiyat shakllandi. Bu hamjamiyatni zamonaviy dizaynga bo‘lgan muhabbat, har bir tafsilotga e’tibor hamda hayotning eng muhim lahzalariga hamroh bo‘ladigan zargarlik buyumlarini tanlash istagi birlashtiradi.

Bu ortga nazar tashlab, ushbu tarixning bir qismiga aylangan har bir insonni minnatdorlik bilan yodga olish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Messika Tashkent butiki jamoasi o‘z mijozlari, hamkorlari va brendning do‘stlariga bildirayotgan ishonchi, samimiy uchrashuvlari hamda chin dildan ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi uchun o‘z minnatdorligini izhor etadi. Aynan mijozlar tufayli birinchi yil go‘zal tarixning munosib boshlanishiga aylandi.
Oldinda yangi kolleksiyalar, unutilmas voqealar va Messika bilan birgalikda yangi xotiralarni yaratadigan yana ko‘plab go‘zal lahzalar kutmoqda.
Ish tartibi:
- dushanba — payshanba: 10:00 dan 23:00 gacha;
- juma — yakshanba: 10:00 dan 00:00 gacha.
Telefon: (+998) 33−777−0888.
Manzil: Botir Zokirov ko‘chasi, 7. Mo‘ljal: Tashkent City Mall, 2-qavat.
Instagram: @premiergroup.uz
Telegram: t.me/messika_uzbekistan
Reklama huquqlari asosida.