400 ta ariza va 15 nafar finalchi: Toshkentda Next Designer Award tanlovining finali bo‘lib o‘tdi

E’lon qilingan sana· 46
400 ta ariza va 15 nafar finalchi: Toshkentda Next Designer Award tanlovining finali bo‘lib o‘tdi

21-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi San’at galereyasida Visa ko‘magidagi Next Designer Award tanlovining yettinchi mavsumi finali bo‘lib o‘tdi. Tanlov tarixida ilk bor final bosqichi Toshkentda o‘tkazildi. G‘oliblik uchun Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan dizaynerlar kurashdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasidagi Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda va Muxtor elchisi Yerali Tug‘janov ochib berdi. Bu yil tanlovga 400 dan ortiq ariza kelib tushgan va shundan 15 nafar ishtirokchi finalgacha yetib kelgan.

FFinalchilar ishlarini professional hakamlar hay’ati baholadi. Ular orasida Diora Rahimova, Gayane Umerova, Charos Kamalova va Dildora Qosimova, shuningdek, NDA vakillari Bauyrjan Shadibekov va Saken Jaksibekov bor edi.

Hakamlar hay’ati bir soat davomida har bir kolleksiyani ko‘rib chiqdi. Ishtirokchilar esa o‘z g‘oyalari, ilhom manbalari va obrazlar ustidagi ishlari haqida so‘zlab berdi. Ekspertlar bichim, materiallar, ijro sifati va detallarga e’tibor qaratdi.

Yettinchi mavsum yakunida g‘oliblar e’lon qilindi.

Birinchi o‘rin — Nodira Dadajonova. U kolleksiya yaratish va brendini rivojlantirish uchun Visa’dan 10 000 AQSh dollari miqdorida grant oldi.

Ikkinchi o‘rin — Aybiyke Madumarova. U sovrin sifatida kolleksiyasini Saks Fifth Avenue’da namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Uchinchi o‘rin — Bota Mirzabek. U Visa Fashion Week Tashkent SS/27'da bepul ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Asosiy mukofotlardan tashqari, finalistlar tanlov hamkorlaridan maxsus sovrinlarga ham ega bo‘ldi.

Ruxshona Turg‘unboyeva Gozar of Artisans’da kolleksiyasini taqdim etish imkoniyatini oldi.

Nodira Dadajonova Dildora Qosimova bilan kollaboratsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi, Amin Davletyarov esa ZHSAKEN bilan qo‘shma loyiha ustida ishlaydi.

Bota Mirzabek bir vaqtning o‘zida ikkita imkoniyatni qo‘lga kiritdi: Saadi Ethno bilan kollaboratsiya va Teplo Store’da kolleksiyasini namoyish etish.

Nodira Dadajonova va Abay Assem Harper’s Bazaar Kazakhstan nashriga tayyorlanadigan material qahramonlariga aylanadi. Nodira Dadajonova va Aybiyke Madumarova esa Tatler jurnalida chiqish qiladi.

Ayker Shalekenova va Rufayda Sotvoldiyeva Visa Fashion Week Almaty’da bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mehmonlar shuningdek, tanlovning avvalgi mavsumlari ishtirokchilari ishlarini ham ko‘rishlari mumkin bo‘ldi. Ko‘rgazma qismi tanlovni to‘ldirib, ushbu yo‘ldan avval o‘tgan dizaynerlar ijodining qanday o‘zgarganini namoyish etdi.

Final g‘oliblarni e’lon qilish bilan yakunlandi, biroq dizaynerlar uchun tanlov shu bilan tugamaydi: oldinda yangi kolleksiyalar, kollaboratsiyalar, nashrlardagi chiqishlar va yangi namoyishlar kutmoqda.

Laylo Alimova
Muallif
Laylo Alimova
Fotosuratchi: Сергей Дрозд
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling