A$AP Rocky va PUMA 90-yillardagi skeyt madaniyati uslubida kapsula kolleksiyasini chiqardi

Kolleksiyadan krossovkalar, PUMA’ning arxiv logotipi tushirilgan futbolka va xudi o‘rin oldi.
A$AP Rocky va PUMA Suede '94 krossovkalarining yangi versiyasini o‘z ichiga olgan kapsula kolleksiyasini taqdim etdi. Model eskirgan ko‘rinish berilgan to‘q ko‘k zamshdan tayyorlangan bo‘lib, rezina taglik, chetlari ishlov berilmagan yumshoq tilcha va bog‘ichlardagi oltinrang qisqich bilan to‘ldirilgan. Reper Suede’ning dastlabki rang variantlaridan biridan ilhomlangan va yangi krossovkalar allaqachon kiyilib, oyoqqa moslashib ulgurgandek ko‘rinishini istagan.

Krossovkalar bilan birga PUMA No. 1 logotipi tushirilgan futbolka va xudi ham chiqarildi. Har ikkala kiyimning bichimi va grafik bezaklarida 90-yillar uslubi aks ettirilgan. A$AP Rocky Berlinda suratga olingan reklama kampaniyasiga o‘zi rejissyorlik qilgan. Kampaniya o‘sha davrdagi skeytbording va xip-xop madaniyatiga ishora qiladi.

PUMA’ning AQSHdagi internet-do‘konida krossovkalar narxi 120 dollarni tashkil etadi.