Toshkentda Hotel Business Forum 2023 boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 115
Toshkentda Hotel Business Forum 2023 boʻlib oʻtadi

2 va 3 mart kunlari Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Hotel Business Forum 2023 bo‘lib o‘tadi.

Asosiy mavzu: “Mehmondo‘stlik yo‘nalishlari: xizmat ko‘rsatish sohasidagi hamkorlikdan IT yechimlarigacha. O’zbekistondagi mehmonxonalar. Loyihalar va binolar”. Forumda IT-sohasi, ekologiya, xizmatlarni raqamlashtirish, taʼlim va kadrlar kabi mavzular mehmonxona industriyasini rivojlantirishning asosiy “lokomotivi” sifatida koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Forum “Plenar majlis va rasmiy qism” boʻlimlariga, shuningdek, mavzular boʻyicha panel sessiyalariga boʻlinadi.

Tadbir yetakchi xalqaro ekspertlarni birlashtirgan mehmonxona industriyasining dolzarb tendensiyalarini muhokama qilish uchun platforma hisoblanadi. Ma’ruzachilar va moderatorlar — mehmonxona egalari (otelyer), turoperatorlar, marketologlar, IT-kompaniyalar vakillari, mehmonxona xizmatlari provayderlari inqirozni bartaraf etish bo’yicha o’zlarining eng yaxshi keyslari bilan o’rtoqlashadilar.

Shu bilan birga, forumda mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi yetakchi provayderlarning HoReCa segmenti uchun to‘liq mahsulot va xizmatlarini taqdim etuvchi interaktiv B2B ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Bular uskunalar, professional idishlar va jihozlar, mebellar, interyer buyumlari, professional to’qimachilik, uniformalar ishlab chiqaruvchilari, xavfsizlik tizimlarini avtomatlashtirish, yorug’lik va ovoz bo’yicha mutaxassislardir.

Biznes vakillari, investorlar va barcha sohaga qiziqqan shaxslar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va oldindan ro’yxatdan o’tish imkoniyatini saytdan topishingiz mumkin.

Tadbir O‘zbekiston otelyerlar assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Afisha.uz — Hotel Business Forum 2023`ning rasmiy media hamkori hisoblanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ