Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan 21 foizlik chegirma e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 359
Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan 21 foizlik chegirma e'lon qildi

Aviakompaniya 18 dan 22-martgacha chiptalarni bron qilishda barcha ichki reyslarga chegirmalar taqdim etilishini e`lon qildi.

“Navro‘z bu yangilanish, yosharish fasli. Ushbu bayramda yurtimiz, ayniqsa uning shaharlariyu qishloqlari go‘zallashib ketadi. Mazkur go‘zalliklardan vatandoshlarimiz va yurtimiz mehmonlari bahramand bo‘lishlari uchun Uzbekistan Airways 2023-yilning 18-martidan 22-martigacha O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarining ekonom va bizness klass tariflariga 21% chegirma e’lon qiladi”, — deyiladi xabarda.

Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida, UzAirways mobil ilovasida, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filiallarida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ