Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlari 12 taligiga kirdi

E‘lon qilindi· 114
Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlari 12 taligiga kirdi

“Журнал Тинькофф” Economist Intelligence Unit versiyasiga ko’ra, yashash uchun eng arzon bo‘lgan dunyodagi o‘n ikkita shaharni e’lon qildi.

EIU Britaniyaning The Economist jurnali bilan birga kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi va eng yirik shaharlarda yashash narxining reytingini e’lon qilib keladi, unga hozir 172 ta shahar kiritilgan. Har biriga tovarlar va xizmatlar narxlarining darajasiga qarab 1 dan 100 gacha qimmatlik indeksi berilgan. Shunday qilib, Toshkent 31 ko’rsatkichiga ega bo’ldi.

“Журнал Тинькофф” saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtda to‘rt kishilik oila uchun oylik xarajatlar 18 049 000 so‘mni, o‘rtacha ish haqi esa 3 738 410 so‘mni tashkil qiladi. 1400 so‘m turadigan jamoat transporti ham tilga olingan.

Shuningdek, dunyoning eng arzon shaharlari reytingiga: Damashq (Suriya), Tripoli (Liviya), Tehron (Eron), Tunis (Tunis), Karachi (Pokiston), Olmaota (Qozog'iston), Ahmadobod (Hindiston), Chennay (Hindiston), Jazoir (Jazoir), Bangalor (Hindiston) va Kolombo (Shri-Lanka) kiritilgan.