Navro‘z bayrami kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi

E‘lon qilindi· 46
Navro‘z bayrami kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, shanba kuni respublikaning janubi-g‘arbiy hududlariga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizidan kelayotgan siklon bilan bog‘liq bulutli massivlar kirib kela boshlaydi. O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi.

Yakshanba va dushanba kunlari respublika hududi bo‘yicha nam siklon o‘tishida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Aksariyat viloyatlarning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Mamlakatning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi. Ushbu kunlarda havo harorati nisbatan pasayadi va +17…+20 darajani tashkil etadi. 17−19 martda respublikaning ayrim hududlarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

21 mart — Navro‘z bayrami kuni kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Harorat yana +22…+25 darajaga ko‘tariladi.

Toshkent shahrida yakshanba kuni kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 5−10 m/s tezlikda esishi saqlanib turadi, 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +8…+10 daraja, kunduzi +20…+22 daraja bo‘ladi.

Dushanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +8…+10 daraja, kunduzi +17…+19 daraja bo‘ladi.