Toshkentda ilk bor Digital Marketing Awards mukofotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

20-mart kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida brendlar, agentliklar va eng yaxshi raqamli kontent mualliflarini 22 nominatsiya bo'yicha – Digital Marketing Awards mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
20-mart kuni soat 16:00 da Digital Marketing Awards tantanali marosimi bo’lib o’tdi. Tashkent Digital Marketing Forum doirasida ilk bor eng muvaffaqiyatli brendlar va agentliklar, shuningdek, 2022-yil uchun eng rezonansli loyiha va nashrlarni taqdirlandi hamda bloggerlarga 11 nominatsiya bo‘yicha mukofotlar topshirildi.
Instagram, Telegram’ning 2022-yil uchun raqamli ko‘rsatkichlariga ko‘ra, eng xilma-xil, jozibali, ommabop postlarni yaratuvchi agentlik va brendlar 11 ta alohida nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi.
Taqdirlash marosimi g’oliblarni aniqlash uchun digital-metrikaga ega kompaniyalar bilan hamkorlikda o’tkazildi.
Digital Marketing Awards g’oliblari
Yandex Reklama tanloviga ko’ra:
- «2022-yilda agentliklar orasida performans reklamasi bo’yicha eng yaxshi ko’rsatkichlar» — Webnow;
- «2022-yilda agentliklar orasida media reklamasi bo’yicha eng yaxshi ko’rsatkichlar» — Wuner Digital;
- «2022-yilda mijozlarga ko’ra performans reklama bo‘yicha eng yaxshi ko’rsatkichlar» — Golden House;
- «2022-yilda xaridorlarda ko’ra media reklamasi bo’yicha enga yaxshi ko’rsatkichlar» — Samsung.
Wunder Digital raqamli agentligi tanloviga ko’ra g’oliblar:
- «2022-yilda O‘zbekistondagi bank saytlari orasida SEO ko‘rinish reytingi yetakchisi» — sqb.uz;
- «2022-yilda Oʻzbekistonda ishlab chiquvchilar saytlari orasida SEO koʻrinish reytingi boʻyicha yetakchi» — gh.uz.
Optimization tanlovi g’oliblari:
- «2022-yilda O‘zbekistonda bank mavzusidagi saytlar qidiruvi bo’yicha yetakchi» — bank.uz;
- «2022-yilda O‘zbekiston banklari saytlari qidiruvi bo‘yicha yetakchi» — ipotekabank.uz;
- «2022-yilda O‘zbekiston mavzusidagi elektron tijorat saytlari qidiruvi bo’yicha yetakchi» — olx.uz;
- «2022-yilda O‘zbekistonda internet-do‘konlar orasida qidiruv bo‘yicha yetakchi» — uzum.uz;
- «2022-yilda O‘zbekistonning ko‘chmas mulkka oid saytlari qidiruvi bo’yicha yetakchi» — tashkent.etaji.com;
- «2022-yilda O‘zbekiston media-saytlari qidiruvi bo’yicha yetakchi» — gazeta.uz.
LiveDune Analytics xizmati tanloviga ko’ra g’oliblar:
O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, agentliklar reytingiga kiritilgan va brendlar reytingining 100 taligiga kiruvchi agentliklar tahlil qilindi.
- «2022-yilda Instagram’dagi O‘zbekistonning eng yaxshi agentlik akkaunti» — We Digital;
- «2022-yilda Instagram’dagi O’zbekistondagi eng faol obunachilarga ega bo‘lgan agentlik» — Abstract Visuals;
- «2022-yilda Instagram’da faol va rang-barang post joylashtirish bo’yicha O‘zbekistondagi eng yaxshi agentlik» — ROCKET;
- «2022-yilda Instagram’dagi postlar soni bo‘yicha O‘zbekistondagi eng faol brend» — Korzinka;
- «2022-yilda Instagram’dagi eng ommabop postga ega bo’lgan O‘zbekiston brendi» — Basri Baba;
- «2022-yilda Instagram’da eng ko‘p sharh qoldirilgan postga ega bo’lgan O‘zbekiston brendi» — Bellissimo Pizza;
- «2022-yilda Instagram’dagi eng jozibali postga ega bo’lgan O‘zbekiston brendi» — LIQUI MOLY;
«2022-yilda Telegram’dagi eng ommabop postga ega bo’lgan O‘zbekistondagi brend» — EVEREST; - «2022-yilda Telegram’dagi eng ko‘p „virusli“ postga ega O‘zbekiston brendi» — Artel;
- «2022-yilda Telegram’da eng ko‘p sharh qoldirilgan postga ega O‘zbekiston brendi» — TBC Bank;
- «2022-yilda Telegram’dagi eng jozibali kanalga ega O‘zbekiston brendi» — Astrum Academy.
«Tanish Bilish» ijodiy agentligining tanloviga ko’ra, bloggerlar orasida «2022-yilning eng yaxshi kontenti» tanlovi g‘oliblari:
- «Ta'lim bo’yicha eng yaxshi kontent: Tillar» — TEACHER AZAM;
- «Ta'lim bo’yicha eng yaxshi kontent: Tiexnologiya» — TEXNOPLOV;
- «Ta'lim bo’yicha eng yaxshi kontent: Foto va video» — MIROLIM OBIDOV;
- «Ta'lim bo’yicha eng yaxshi kontent: Tibbiyot» — GYNAECOLOGY, SHARK SCIENCE;
- «Biznes bo’yicha eng yaxshi kontent» — ANVAR ABDUQAYUM;
- «Eng yaxshi lifestyle kontent: Foto va video» — YUGAYART;
- «Eng yaxshi lifestyle kontent: Sayohat» — TEAZEAL;
- «Eng yaxshi lifestyle kontent: Fashion» — SAID FAZILOV;
- «Eng yaxshi avtokontent» — AVTODOCTOR, TEMUR TITOROV;
- «Eng yaxshi ko‘ngilochar kontent: O‘yinlar» — KIBER UZ;
- «Eng yaxshi ko’ngilochar kontent: Musiqa» — KONSTA;
- «Eng yaxshi ko‘ngilochar kontent: Sketchlar» — GO.UZ, OZOD.SH_OFFICIAL;
- «Eng yaxshi ko’ngilochar kontent: Tajribalar» — ISOMTV;
- «Eng yaxshi ko‘ngilochar kontent: Ilmiy-ommabop» — KUNDUZIY;
- «Sport bo’yicha eng yaxshi kontent» — ASAL SAPARBAEVA;
- «Pazandachilik bo’yicha eng yaxhsi kontent» — MAZZA WORLD;
- «Eng yaxshi gastronomik sharhlar» — DILMUROD NIGMATULLAEV;
- «Eng yaxshi intervyu» — ALTER EGO, INTERVYU TV;
- «Eng yaxshi podkast» — 102TV;
- «Eng yaxshi ijtimoiy kontent» — SUBYEKTIV.
Afisha.uz sayti mukofotning rasmiy media hamkori hisoblanadi.