Hafta davomida quruq va salqin havo kuzatiladi

E‘lon qilindi· 62
Hafta davomida quruq va salqin havo kuzatiladi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq, lekin salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor. Dushanba kuni sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

19-apreldan boshlab antisiklon respublika hududidan chekina boshlaydi va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 21-aprelga kelib kechasi +4…+9 darajani, kunduzi +20…+25 darajani tashkil etadi.

Toshkent shaharida haftda davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Hafta boshida havo harorati +12…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi harorat +2…+4 darajagacha pasayadi.

19-apreldan ish haftasining oxirigacha kechalari harorat +4…+7 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi asta-sekin ko‘tariladi va juma kuniga kelib harorat +20…+23 darajagacha ko‘tariladi.