Yandex Go ilovasida imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga yangi qulayliklar yaratildi

E’lon qilingan sana· 169
Yandex Go ilovasida imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga yangi qulayliklar yaratildi

19-apreldan boshlab Yandex Go xizmati ishlayotgan O‘zbekistonning barcha shaharlarida imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar test rejimida quyidagi optsiyalardan foydalanishi mumkin:

  • “Avtomobil topishga yordam berish”;
  • “Faqat matn orqali muloqot qilish”;
  • “Men gapirmayman, lekin eshitaman”;
  • “Men nogironlar aravachasida bo’laman”.

Maxsus optsiyalar Yandex Go ilovasning alohida ekranida taqdim etilgan. Ularni har qanday safarlar tarifi bo’yicha tanlash mumkin. Haydovchilarga yordam berish uchun xizmat amaliy tavsiyalar ishlab chiqdi. Ular bozorning barcha ishtirokchilari uchun mavjud. Bu haydovchilarga buyurtma berishda va sayohat qilishda tushunmovchiliklar xavfini kamaytirish uchun tavsiyalarni yanada qulayroq qilishga yordam beradi.

Buyurtmani qabul qilgan haydovchi uchun dastur maxsus imkoniyatlar bilan safarda nimalar qilish kerakligini aytadi, masalan: “Menga mashina topishga yordam bering”. Safar xaritasida haydovchi foydalanuvchiga avtomobil topish, unga yetib borish va salonga kirishda yordam kerakligi haqida izohga ega bo‘ladi.

“Men faqat matn orqali muloqot qilaman.” Agar biror kishi ovozli muloqot qilish imkoniga ega bo’lmasa, haydovchidan barcha aniqlashtirishlarini chat orqali so’rash talab etiladi.

“Men gapirmayman, lekin eshitaman.” Haydovchi buyurtmaga sharh oladi, foydalanuvchi uning savolini eshitadi, lekin imo-ishoralar yoki matn bilan javob beradi.

“Men nogironlar aravachasida bo‘laman”. Agar bu variant tanlansa, haydovchi “Nogironlar aravachasida bo‘ladi, o’tirishga yordam kerak, bagaj bo‘sh bo’lsin” degan izohga ega bo‘ladi.

Agar haydovchi biron bir sababga ko’ra buyurtmani maxsus variant bilan bajara olmasligini tushunsa, uni rad qilishi mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ