O'zbekistonliklar Ramazon Hayiti munosabati bilan 4 kun dam olishadi

E‘lon qilindi· 190
O'zbekistonliklar Ramazon Hayiti munosabati bilan 4 kun dam olishadi

Prezident O‘zbekistonda 21-aprel kunini Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Qaror bilan aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 24-aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

Shuning bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi:

  • 21-aprel — Ramazon hayiti bayrami;
  • 22-aprel — shanba;
  • 23-aprel — yakshanba;
  • 24-aprel — dushanba.