Ramazon hayiti 21-aprel kuni bo'ladi

E‘lon qilindi· 105
Ramazon hayiti 21-aprel kuni bo'ladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023-yilgi Ramazon hayiti 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida e’lon qildi.

Idorada Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan ishchi guruh xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1444-hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi islom dini ta’limotlari va mazkur astronomik ma’lumotlarga asoslangan holda Ramazon hayiti 21-aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.