Ramazon Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00 dan boshlab harakatlanadi

E’lon qilingan sana· 80
Ramazon Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00 dan boshlab harakatlanadi

Ramazon Hayitining birinchi kuni — 21-aprelda Toshkent metropoliteni odatdagidan bir soat erta — soat 4:00 dan ishlay boshlaydi, deya xabar berdi metropoliten matbuot xizmati.

Juma kuni poyezdlar oralig‘i ish kunlari jadvali bilan to‘g‘ri keladi. Kelgusi dam olish kunlarida poyezdlar dam olish kunlari jadvaliga muvofiq soat 5:00 dan harakatlanadi.

«Toshshahartransxizmat» 21-aprel kuni soat 4:00 dan 7:00 gacha Ramazon oyi tugashi munosabati bilan bayram namoziga qatnashish niyatida bo‘lgan aholi uchun maxsus avtobus yo‘nalishlari harakatlanishini ma’lum qildi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ