Dam olish kunlari havo ochiq va quyoshli bo‘ladi
E‘lon qilindi: · 99

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo ochiq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11−16, kunduzi 28−33 daraja atrofida bo‘ladi.
Poytaxda 28-aprel kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat 28−30 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13−15, kunduzi 29−31 daraja bo‘ladi.