Toshkentdagi 20 ta favvora

Yozning o’rtasida har qachongidan ham ko’proq issiqdan yashirinishni xohlaysiz. Uyda va ishda konditsioner jonga oro kiradi, tashqarida hatto kechqurun ham issiq. Yaxshiyamki, favvoralar bor.
Afisha muharrirlari siz uchun favvoralari bo’lgan eng go’zal, qiziqarli va sokin joylarni to’pladi, ular yonida yolg’iz yoki butun oila bilan sayr qilish mumkin.
Magic City`dagi favvora
Magic City hiyoboni ichida Toshkentdagi 8500 kvadrat metr maydonga ega eng katta musiqali favvora joylashgan. Favvora Bavariya qiroli Lyudvig II`ning 60 metrlik qasrining chiroqlari fonida tunda ayniqsa go’zal ko’rinadi. Lokatsiya.
Tashkent City`dagi favvora
Favvora har kuni soat 19:00, 20:00 va 21:00da “jonlanadi”.
Hozirda Tashkent City bog’iga bepul kirish va ushbu favvoraning salqinligidan bahramand bo’lish mumkin.
Mustaqillik maydonidagi favvora
Vazirlar Mahkamasi binosi yonida rekonstruksiya qilingan favvora joylashgan. Uning mayda tomchilari ostida uzun platforma bo’ylab sayr qilib, salqinlash mumkin. Yaqin joyda suzish taqiqlangan katta sayoz basseyn ham mavjud. Lokatsiya.
Mustaqillik maydonidagi favvoralar
Mustaqillik maydonidagi “Ezgulik arkasi” ro‘parasida piyodalar ko‘prigi bilan ajratilgan ikkita favvora joylashgan. Va ulardan unchalik uzoq bo’lmagan joyda ko’plab kichik va turli xil bosimli oqimlari bo’lgan yana ikkita uzun suv havzalari mavjud. Lokatsiya.
Anhor Park`dagi favvoralar
Bog’ning markaziy xiyobonida sayr qilib, bu favvorani sezmaslik qiyin — u kattalar va bolalarni o’ziga jalb qiladi.
Parkga tashrif buyurgan kichkina mehmonlarga “quruq” favvora yoqadi — chunki suv yer tagidan chiqishi sababli, uning ustida yugurish mumkin. U karting oldida joylashgan. Lokatsiya.
Ashxobod sayilgohidagi favvoralar
Ashxobod sayilgohida to‘rtta favvora barpo etildi: “Do‘stlik favvorasi”, “Jannat favvorasi”, “Yer favvorasi” va “Axalteke”.
Ularni bog‘ga kirish uchun 10 ming so‘m to‘lagan holda ko’rish mumkin. Lokatsiya.
Amir Temur maydonidagi favvoralar
Ko‘p sonli poytaxt aholisi va mehmonlari to‘planadigan shahar markazida favvoralar joylashgan bo‘lib, ko‘pchilik Toshkent markazidagi tanho suv havzalariga e’tibor bermay o‘tib ketadi. Lokatsiya.
Alisher Navoiy teatri yonidagi favvora
Shahar markazida, Alisher Navoiy nomidagi teatr yonida Toshkentdagi eng qadimiy favvoralardan biri joylashgan. Uning yonida skameykalar mavjud bo’lib, bolalar suv yonida o’ynashi mumkin. Lokatsiya.
“Xalqlar do’stligi” maydonidagi favvoralar
“Xalqlar do‘stligi” saroyi yonidagi maydonda go‘zal naqshlarni aks ettiruvchi favvoralar ansambli tashkil etilgan. Lokatsiya.
Temuriylar tarixi muzeyi yaqinidagi favvora
Ming so’mlik banknotada tasvirlangan Temuriylar tarixi muzeyi poytaxtdagi eng go‘zal favvoralardan birini bezab turibdi. Bu shaharning markazi bo’lishiga qaramay, bu yerda tinch va osoyishta muhit mavjud. Lokatsiya.
“G'alaba bog’i"dagi favvora
“G'alaba muzeyi” yonidagi stelaning fonida salqinlik baxsh etuvchi mo’jaz favvora joylashgan. Lokatsiya.
Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi yonidagi favvora
XX asrning birinchi yarmida vatan ozodligi uchun kurashgan va ommaviy qatagʻonlarga uchragan vatandoshlar xotirasiga bagʻishlangan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida Boʻzsuv kanali orqali oʻtuvchi koʻprikni bezab turgan sunʼiy sharshara joylashgan. Lokatsiya.
Central Park oldidagi favvora
Central Park‘ga Hamid Olimjon maydonidan kirib keladigan har bir tashrif buyuruvchi favvora poydevoriga juda mos tushadigan o‘rindiqlarga o‘tirib, yoz jaziramasidan dam olishi mumkin. Lokatsiya.
Hamid Olimjon maydonidagi favvoralar
Central Park‘ga kiraverishdagi favvoradan uncha uzoq bo‘lmagan joyda yana ikkitasi bor — o‘zbek shoiriga atalgan maydonda nafaqat favvoralar bor, bu yerda skameykalarda o’tirib, qahva yoki muzqaymoq sotib olish mumkin. Lokatsiya.
Mirzo Ulug‘bek haykali yonidagi favvoralar
Mirzo Ulug‘bek tumanida Mirzo Ulug‘bek haykali joylashgan. Haykal oldidagi kichik maydonda favvoralar ham bor. Bu yerda daraxtlar ostiga o’tirib, ular orasida favvoralar, bolalar maydonchasi va suv tegirmonidan bahramand bo’lish mumkin. Lokatsiya.
Mega Planet yonidagi favvora
Mega Planet`ni atrofidagi yashilliklar hamda go’zal favvora bezab turadi. U nafaqat majmua qiyofasini to‘ldiradi, balki Ahmad Donish ko‘chasining yangilangan qiyofasiga ham uyg‘unlik bag’ishlaydi. Lokatsiya.
Next savdo markazidagi favvora
Next savdo markazi hovlisida joylashgan to‘rtburchak shakldagi katta favvora bu yerga kelgan odamlarning yig‘ilish joyi bo‘lib, yoz oqshomlarida salqinlik baxsh etadi. Quyosh botishi paytida majmuaning liftidan suvning ayniqsa go’zal manzarasi gavdalanadi. Lokatsiya.
A.S.Pushkin haykali oldidagi favvora
Next`dan uncha uzoq boʻlmagan joyda yana bir favvora bor — Toshkentdagi eng qiziq favvoralardan biri. Bu yer sokin, skameykalarga o’tirish, bolalar bilan sayr qilish mumkin. Lokatsiya.
Sirk oldidagi favvoralar
Sirk yonidagi maydonda bolalar va ularning ota-onalariga manzur keladigan ikkita favvora bor. Bu yerda muzqaymoq sotib olish yoki bolani batutda uchirish orqali xursand qilish mumkin. Lokatsiya.
Toshkent vokzali yaqinidagi favvora
Toshkent markaziy vokzali yaqinida bizning tanlovimizdagi so’nggi favvora. Uning yonida skameykalar yo’q, lekin kechqurunlari dam oluvchilar bu yerga to’planishni yaxshi ko’rishadi.
Ma’lumotlar 2021-yil 15-iyul holatiga ko’ra dolzarb.