Anons

Hilton mehmonxonasida "Sut mahsulotlari olimpiadasi"

E‘lon qilindi· 1096
Hilton mehmonxonasida "Sut mahsulotlari olimpiadasi"

Hilton Tashkent City mehmonxonasi “Sut mahsulotlari olimpiadasi"ga mezbonlik qiladi.

Sut mahsulotlari olimpiadasi har yili jahon sut sanoati vakillarini to’playdigan global sut bozoridagi eng muhim voqealardan biridir.

13 yillik faoliyati davomida u butun dunyodan sut mahsulotlari sanoatining 11 000 dan ortiq ishtirokchilarini birlashtirgan. Tadbirning asosiy maqsadi jahon sut mahsulotlari bozori istiqbollarini aniqlash, sohaga mavjud tahdidlarni baholash va potentsial tendentsiyalar va rivojlanish imkoniyatlarini bashorat qilishdan iborat.

“Sut mahsulotlari olimpiadasi"ning biznes dasturiga quyidagilar kiradi:

  • Yozgi “Sut sammiti” — xalqaro ekspertlar tomonidan tahlil, bozor holati va uning rivojlanish prognozlarini baholash;
  • Xalqaro IV sut futurologik kongressi — sut ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar uchun maxsus bo‘limlar tashkil etilgan holda sohaning muhim muammolari va masalalarini muhokama qilish;
  • ixtisoslashtirilgan konferensiyalar, seminarlar va texnik ekskursiyalar.

Ishtirok etish uchun to‘lov (yetkazib beruvchilar, fermerlar, qayta ishlovchilar uchun): 3 751 235 so‘mdan ($330).

Roʻyxatdan oʻtish havola orqali amalga oshiriladi.