Toshkentda MAKON Marketing Forum 2023 beshinchi xalqaro marketing biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

E‘lon qilindi· 492
Toshkentda MAKON Marketing Forum 2023 beshinchi xalqaro marketing biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

20-may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar, marketologlar va yirik kompaniyalar top-menejerlari O‘zbekistonda samarali faoliyat yurituvchi marketing vositalari bo‘yicha amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.

Forum ishtirokchilari o’z biznesini rivojlantirish va kasbiy o’sishda qo’llashi mumkin bo’lgan bozor mutaxassislaridan zamonaviy bilimlarga ega bo’ladilar.

Forumga O‘zbekiston, Singapur, Turkiya, Qozog‘iston, Rossiyadan mutaxassislar taklif etilgan. Ma’ruzachilar marketing biznesni qanday rivojlantirishi haqida shaxsiy tajribalari bilan o’rtoqlashishadi.

Forumning asosiy mavzulari: marketologlar uchun sun’iy intellektning afzalliklari, chat botlari va aloqani shaxsiylashtirish, narxlar, raqamli ekotizim, marketing ta’limi, marketing guruhlarini yaratish masalalari va boshqalar.

“Bu yil beshinchi bor oʻtkazilayotgan Forumning asosiy vazifasi, forum tashkilotchisi, Oʻzbekiston marketing assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedovning soʻzlariga koʻra, har yili bir marta o’tkaziladigan, haqiqiy tajriba va bilimga ega boʻlgan mahalliy va xorijiy maʼruzachilar yil davomidagi real holatlari va kuzatuvlarini hamkasblari hamda nisbatan tajribasizroq bo’lgan mutaxassislar bilan oʻrtoqlashish maqsadida eng faol mahalliy marketologlar va tadbirkorlar bilan uchrashish anʼanasiga aylangan yillik formatni saqlab qolishdan iborat. Bu yil forumning asosiy mavzusi marketing biznesni qanday rivojlantirishi va nima uchun malakali va samarali marketingga ega bo’lgan kompaniyalar raqobatchilardan ko’ra muvaffaqiyatliroq va tezroq rivojlanishini muhokama qilish bo’lishi bejiz emas”.

MAKON Marketing Forum 2023 spikerlari:

  • Mixail Terentiev, Mailfit.com marketing agentligi asoschisi va Letteros.com muharriri (Rossiya/Uzbekistan/Singapur);
  • Konstantin Naychukov, pullik trafik bo’yicha ekspert, eLama xizmati Evangelist (Rossiya/Turkiya);
  • Ilya Balaxnin, Paper Planes konsalting agentligining boshqaruvchi hamkori (Rossiya);
  • Akmal Hamidov, “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Aziz Nuritdinov, AIKO, DAFNA (O'zbekiston) hammuassisi;
  • Gulya Davlatova, “Buka Fit” fitnes klubi asoschisi va “Buka Gym” bosh direktori;
  • Yuliya Ivanova, MAD bootcamp marketing maktabi hammuassisi (O'zbekiston);
  • Zamira Rahmanova, ISHONCH ijodiy direktori (O‘zbekiston);
  • Aleksandr Shubin, myRetailStrategy boshqaruvchi hamkori (Qozog'iston);
  • Natalya Grigoryan, Lay’s Integrated Marketing Communications kompaniyasining sobiq rahbari, PepsiCo (Rossiya);
  • Fedor Virin, Data Insight va Cross Insights hamkori (Rossiya va MDH).

Forum doirasida muhokamalar bo‘lib o‘tadi, unda muvaffaqiyatli loyihalar yetakchilari muvaffaqiyatga erishishda marketingning o‘rni haqida shaxsiy fikrlari bilan o‘rtoqlashadilar.

MAKON Marketing Forum 2023 — bu, birinchi navbatda, olg‘a intilish uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarning faol muloqoti, turli g‘oyalar va fikrlarni ifodalash uchun platformadir. Bu bir kun davomida eng samarali marketing vositalari dunyosiga sho’ng’ish va sanoatning so’nggi tendentsiyalari bilan tanishish imkoniyatidir.

Biznes-forum yakunlangandan so‘ng darhol “Yilning VI brendi — 2022” mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi, unda ochiq ommaviy ovoz berish hamda assotsiatsiya ekspertlari va hamkorlarining ovozi g‘oliblari e’lon qilinadi. .

Bu yil ham, oʻtgan yilgidek, Telegram bot @makon_brand_bot da ochiq isteʼmolchilar ovozi oʻtkazilmoqda va u barcha ishtirokchilar tomonidan faol qoʻllab-quvvatlanmoqda. Uch haftalik ovoz berishda unda 250 mingdan ortiq iste’molchi qatnashib, ular 25 toifadagi 217 ta sevimli brendga ovoz berishdi. Iste’molchilarning ovoz berish jarayoni 8-maygacha davom etadi.

20-may kuni boʻlib oʻtadigan marosimda “Yil brendi-2022” mukofotining har 25 ta nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblardan tashqari maxsus mukofotlar ham topshiriladi: “Yil shaxsi”, “O'zbekistonda marketingni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun”, “Yildagi eng katta muvvaffaqiyat”.

Forum tashkilotchilari — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi, bosh hamkori — MEDIAPARK. Tijoriy hamkor — MK BANK.

Forum dasturi bilan tanishish, chipta sotib olish.