Iyun oyidan Toshkent-Batumi yoʻnalishi boʻyicha charter reyslari yoʻlga qoʻyiladi

Yoz fasli boshida Toshkentdan Batumiga charter reyslari yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar Centrum Air tomonidan Locas Tour sayyohlik agentligi bilan hamkorlikda yo’lga qo’yilgan.
Birinchi reyslar 4-iyundan haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Toshkentdan uchish soat 10:00, Batumiga qo’nish Toshkent vaqti bilan soat birlar atrofida bo’ladi. Shaharlar orasidagi vaqt farqi -1 soat.
Xohlovchilar uchun ushbu reys orqali Batumida bir haftalik tur paketi taqdim etiladi. Birinchi charter reysning narxi bir kishi uchun 699 dollardan boshlanadi. Ekskursiya narxiga uch yulduzli mehmonxonada joylashtirish, nonushta paytida ovqatlanish, sug’urta, A-O-A shaklida guruh transferi ham kiradi.
Batumi — Ajariyaning asosiy markazi, Gruziyaning Tbilisidan keyin ikkinchi yirik shahri. Ikki ming yillik tarixga ega bu shaharning meʼmorchiligi rang-barang, iqlimi subtropik va Sharqiy Yevropa mintaqasining asosiy sayyohlik yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Qora dengizda joylashgan Batumidagi plyaj uzunligi 7 kilometrdan oshadi — u janubdagi aeroportdan shimoldagi portgacha cho’zilgan.
Dunyoning koʻplab mamlakatlari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari Gruziyaga vizasiz kirishlari mumkin. Bugungi kunda Gruziya dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri sifatida tan olingan.
Batumida 1912-yilda tashkil etilgan, 108 gektar maydonga ega botanika bog’i ham mavjud. Bu yerda Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yangi Zelandiya, Janubiy Amerika, Himoloy, Meksika, Avstraliya, O’rta Yer dengizi va Kavkaz qirg’oqlarida o’sadigan jamlangan daraxtlar va o’simliklar mavjud. Mehmonlar parkni piyoda yoki parkga kiraverishda ijaraga olinadigan elektr transport vositalarida aylanishlari mumkin.