9-may kuni "Yangi O‘zbekiston" bog'ida bayram salyuti otiladi
E’lon qilingan sana: · 864

Toshkent shahrida 8-may kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi” monumentiga hamda 9-may kuni Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimlari o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, 9-may kuni soat 21:00 da Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i"da bayram mushakbozligi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.