Toshkentda VI Startup Weekend tadbiri bo'lib o'tadi

19−21 may kunlari Toshkentda joylashgan C Space Coworking markazida Techstars Startup Weekend Women Edition hakatoni o‘tkaziladi.
Startup Weekend`ning birinchi kunida ishtirokchilarga Startup Weekend formati tushuntirib beriladi. Ular 1 daqiqa ichida qolgan ishtirokchilarni o’z jamoasiga jalb qilish uchun biznes g’oyalarini birma bir taqdim etishadi. Shundan eng ko`p ovoz yig’gan 10ta g`oya mualliflari o`zlariga kerakli ishtirokchilar bilan jamoa bo’lib, taqdim etilgan g`oya ustida ishlashni boshlashadi.
Hakatonning ikkinchi kuni MVP (mahsulotning ilk prototipi) hamda xaridorlarning mahsulot tayyorligiga tekshirish haqidagi mahorat darslari bilan boshlanadi. Ishtirokchilar uchun foydali bo’lgan tomonlari shundaki, ular Biznes Canva yaratishni va kelajakda qanday qilib xaridorlarni jalb qilishni nafaqat nazariy o’rgandilar, balki amaliyotda ham sinab ko`rishlari mumkin bo’ladi.
Hakatonning 2-kuni ishtirokchilar uchun muhim bo’lgani sabab, jamoalar Startupdagi turli soha yetakchilari bilan birga ishlashadi. Startup, moliya, marketing, prodakt menedjment yo`nalishlari bo`yicha faoliyat yuritadigan professionallar jamoalar bilan ishlab, ularga yo`l yo`riq ko`rsatishadi.
Startap Weekendning oxirgi uchinchi kunida, jamoalar ikki kun davomida ishlangan startuplari haqidagi taqdimotlarini yakunlab, hay’at a’zolariga taqdim etish uchun tayyorgarlik ko`rishadi.
Hakamlar barcha jamoalarni tinglab, 3 ta yo`nalish bo`yicha: potensial xaridorlarni aniqlash, eng yaxshi biznes model hamda eng yaxshi bozor potensialiga ega startup nomzodlarni tanlaydilar. Barcha yo`nalishlarda eng yuqori ballarni olganlar esa top 3 o`rinni qo`lga kiritishadi va keyingi tashabbuslari uchun foydali sovg`alar bilan taqdirlanadilar.
Mazkur hakaton USAID, Alif Tech, UNDPC-Space coworking markazi, Coca-Cola Uzbekistan va Super Dispatch kabi kompaniyalar tomonidan tashkillashtirilmoqda.
“Mazkur Startap Weekend Women Edition hakatoni mamlakatimizda xotin qizlar o`rnini mustahkamlashga, startap ekosistemalarini rivojlantirishga va yoshlarga tadbirkorlik bo’yicha bilimlarni berishga ishonchimiz komil” — deya qo’shimcha qildi tashkilotchilar.
Tadbir ingliz tilida o‘tkaziladi.
To’liq dastur bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.