"Wiki Yerni sevadi” xalqaro fototanloviga start berildi

E’lon qilingan sana· 585
"Wiki Yerni sevadi” xalqaro fototanloviga start berildi

15-may kuni “Wiki Yerni sevadi” xalqaro fototanlovi boshlandi. Tanlovda 43 ta davlat qatorida O‘zbekiston ham qatnashmoqda, deb xabar bermoqda Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar — qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, manzarali hududlar, landshaft zonalari, bog‘lar suratlarini to‘plash, “Wikipediya” Butunjahon ensiklopediyasi va Wikimedia jamg‘armasining boshqa loyihalaridagi maqolalarni illyustratsiya qilishdan iborat.

O‘zbekistonlik suratkashlar keng jamoatchilik e’tiborini mamlakat tabiatiga, ekologik turizmni rivojlantirishga jalb etish maqsadida mazkur tanlovda ishtirok etmoqda, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, tanlovning Respublika bosqichi o‘zbekzabon vikimediachilar guruhi tomonidan Rossiyaning “Викигид” hamjamiyati a’zolari bilan hamkorlikda UNESCO, O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi va “Wikimedia Foundation” ko‘magida tashkil etiladi.

Bu yil tanlov ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: landshaftlar (agar ular tabiiy yodgorlik bo‘lsa, alohida daraxtlar ham) va makro suratga olish (hayvonlar, o‘simliklar, qo‘ziqorinlar). Mahalliy miqyosda 10 tagacha g’olib aniqlanadi. Xalqaro hakamlar hay’ati har bir nominatsiyadan 10 tagacha bo‘lgan 20 tagacha fotosuratni tanlaydi.

Xalqaro miqyosda TOP-20ga kirish uchun har bir muallifdan ikkitadan ko‘p bo‘lmagan fotosurat tanlab olinadi. Tanlov gʻolibi va sovrindorlari Tabiat resurslari vazirligi va Wikimedia Foundation tomonidan taqdirlanadi. Fototanlov 15-iyungacha davom etadi.

Tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumotni mazkur havola orqali olish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ