Shinalar hidi, tyuninglangan mashinalar va fire-show: Toshkentda bo'lib o'tgan Drift show 2023

E’lon qilingan sana· 5 546
Shinalar hidi, tyuninglangan mashinalar va fire-show: Toshkentda bo'lib o'tgan Drift show 2023

13 va 14-may kunlari Food City`da katta Drift Show bo’lib o’tdi — bu nafaqat avtomobil ixlosmandlari uchun, balki boshqalar uchun ham manzur bo’ladigan tadbir bo’ldi. Yigitlar, qizlar va bolalari bilan kelgan oilalar qimmatbaho va chiroyli mashinalarni tomosha qilish uchun tashrif buyurishgan. Mashinalarga qiziqish va ularning qurilmasini tushunishda ayollar hech qanday holatda erkaklardan qolishmaydi. Avtotyuning olamini tushungan ishtirokchilar ham bor edi.

Festivalda avtotyuningning uzoq va chiroyli yo’lini bosib o’tgan mahalliy avtomobillar ham, retro avtomobillar ham taqdim etildi — ular yaxshi holatda edi.

Tadbirda Qirg‘iziston va Qozog‘istondan kelgan mehmonlar Toyota Mark 2, Toyota Chaser yapon modellari bilan ishtirok etishdi. Har kim o’zining sevimli brendi yonida suratga tushishi yoki o’tirishi mumkin edi.

Tadbir o’zini endi sinab ko’rayotgan fotosuratchilar, videograflar va mobilograflar uchun maydonga aylandi. Drift Showga tashrif buyuruvchilar ushbu tadbir o‘z do‘stlari bilan yoqimli va kutilmagan uchrashuvlar o‘tkazish hamda qo‘shni mamlakatlardan kelgan mehmonlar bilan yangi tanishuvlar o‘tkazish joyi bo‘lib xizmat qilganini ta’kidlashdi.

Drift juda qizg’in edi, mashinalar “burnout” qilishdi, shinalar yeyilib ketdi va rezina bo’laklari har tomonga yoyilib ketdi. Ammo tashrif buyurganlarning hammasi ham driftni ko’rishga ulgurishmadi. Ko’p odamlar kechqurun oltidan keyin, quyosh botgandan so’ng kelishdi.

Kecha tomoshabinlarning bir joyda turishiga imkon bermagan Abbosse, Millymallymoe, Yamadzhi Feydzhi chiqishlari bilan yakunlandi.

Avtomobil madaniyati turli mamlakatlar xalqlarini bog’lab kelgan va bog’lamoqda. Muxlislar o’zlarining “mashinalarini” va ular ustida qilingan katta ishlarini namoyish etishdi. Aynan shu qiziqish har yili odamlarni, avtomobil sanoatini sevuvchilarni hayratda qoldiradi va quvontiradi hamda yorqin his-tuyg'ularni taqdim etadi.

Biz videoreportaj tayyorladik — uni YouTube kanalida tomosha qiling.

Arina Melnichuk
Muallif
Arina Melnichuk
Azizbek Xamrakulov
Fotosuratchi
Azizbek Xamrakulov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ