18−20-may kunlari sel-suv toshqini hodisalari kuzatilishi mumkin
E‘lon qilindi: · 436

O‘zgidromet xizmati agentligi 18−20-may kunlari sel-suv toshqini hodisalari kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Ushbu kunlarda kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.