III Me’mor//2023 arxitektura ko‘rik-tanloviga start berildi

E’lon qilingan sana· 913
III Me’mor//2023 arxitektura ko‘rik-tanloviga start berildi

15-may kuni Me’mor//2023 arxitektura ko‘rik-tanlovida qatnashish uchun arxitektorlar, interyer dizaynerlari, landshaft dizaynerlari, soha OTMlari talabalari va jurnalistlardan arizalar qabuli boshlandi.

G‘oliblar 6 mlndan 10 mln so‘mgacha mukofot oladilar. Gran-pri sohibiga 15 mln so‘m beriladi. Bu yil tashkilotchilar har bir nominatsiyani “loyiha” va “amalga oshirilgan loyiha” toifasiga taqsimladilar. Me’mor//2023`ga ishlar taqdim etilishi muddati — 2023-yil 6-avgustgacha amal qiladi. Memorcontest.uz saytida ariza topshirish va batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Talabalar (talabalar jamoalari) faqat “Loyiha” toifasiga ishlar taqdim eta oladilar. Sovrindor har bir nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi.

Jurnalistlar “Amalga oshirilgan loyiha” toifasida istalgan nominatsiyaga maqola taqdim etishlari mumkin. Barcha ishtirokchi jurnalistlar orasidan hay’at Me’mor//2023ning yagona sovrindorini aniqlaydi.

“Me'mor//2023 mavzusi afsonaviy Zaha Hadidning „Arxitektura — bu inson oʻzini makonda qanday joylashishidir“ degan so‘zlari bo‘ldi. Arxitektura — bu faqat bino yoki obyekt emas, balki his-tuyg‘u va taassurotlardir, degan yondashuv bizga ko‘proq yaqin. Ko‘rik-tanlovdning maqsadi o‘zgarishsiz qoldi: ijodkorlarni o‘ziga xos yechimlarni izlash va ro‘yobga chiqarishga, jurnalistlarni esa — salmoqli voqyealar va loyihalarni yoritishga ruhlantirish. Arxitektorlardagi ilhom, ruhlanish va salohiyat shaharlarimiz qiyofasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi”, — deya, qayd etdi O‘zbekistondagi KNAUF korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko.

Avvalgi yillardagi kabi, Me’mor//2023`ning eng yaxshi loyihalarini O‘zbekiston, Gruziya, Ruminiya, Ukraina, Isroillik mashhur arxitektorlar aniqlaydilar.

Me’mor//2023 tanlov toifalari va nominatsiyalari:

  • Turar joy binolari — “Аlohida turar joy”, “Ko‘p qavatli turar joy”;
  • Jamoat binolari — “Tijorat obyekti”, “Ma'muriy bino”;
  • Dizayn — “Xona interyeri”, “Milliy uslubdagi interyer”;
  • Obodonlashtirish — “Xususiy uy-joy landshafti”, “Jamoat joyi dizayni”.

Avvalgi yillardagi ko‘rik-tanlovlar butun O‘zbekistondan arxitektorlar va dizaynerlarda jonli qiziqish uyg‘otdi. 2019-yilda ishtirokchilar 123ta, 2021-yilda esa, 242 ta ish taqdim etdilar. Joriy yil 24−25-may kunlari Me’mor//2021 g‘oliblari Knauf Werktage — Germaniyada o‘tkaziladigan qurilish industriyasi mutaxassislarining professional forumiga tashrif buyuradilar. Safar tanlov tashkilotchilari tomonidan moliyalanadi.

Tanlovda qatnashish — bepul. Tanlov tashkilotchisi — O‘zbekistondagi KNAUF korxonalar guruhi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ