Hafta davomida yog'ingarchilik kutilmaydi

E‘lon qilindi· 189
Hafta davomida yog'ingarchilik kutilmaydi

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, dushanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va yoz kabi iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Havo harorati +32…+35 darajani, janubda va cho‘l hududlarda +36…+38 darajani tashkil etadi. Keyinchalik ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Qozog‘iston hududi ustidagi joylashgan antisiklonning ta’siri hafta o‘rtalarida harorat fonini biroz pasaytiradi. Kunduzgi havo harorati +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat yana +31…+33 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent shahrida dushanba kuni va haftaning oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat seshanba kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23−24-may kunlari shamol tezligi 12−14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Xususan, dushanba kuni kunduzi havo harorati +31…+33 daraja bo‘ladi, qolgan kunlarda esa harorat asosan +26…+30 daraja atrofida bo‘ladi.